Tailandda o'tayotgan boks bo'yicha U19 va U22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati doirasida Asian Boxing tashkilotining Kongressi bo'lib o'tdi. Mazkur anjumanda tashkilot rahbariyati tarkibi shakllantirib olindi.

Quvonarlisi, O'zbekiston boks federatsiyasi raisi birinchi o'rinbosari Saken Polatov Asian Boxing tashkilotining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

Manba: Olympic.uz