“Paxtakor”ning ikki nafar yarim himoyachilari Saidumarxon Saidnurullaev va Muhammadali Usmonov ikkinchi davrani “Andijon”da o'tkazadi.

Buni Maksim Shatskix “Bunyodkor”ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o'tdi.

Usmonov bu mavsum Superligada 5ta o'yinda maydonga tushib, jami 23 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Manba: stadion.uz