"Krasnodar" tarbiyalanuvchisi Matvey Safonov o'zining "PSJ"ga o'tishini baholadi va Evropa futbolidagi keyingi mavsumlardan umidlari bilan o'rtoqlashdi.

"Aytish mumkinki, "PSJ"ga o'tish - faoliyatimning Evropadagi boshlanishi. Umid qilamanki, hammasi davom etadi", - dedi Safonov Okko bilan suhbatda.

O'tgan yilning iyul oyida Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonov “Krasnodar”dan “PSJ”ga o'tgan edi. OAV xabariga ko'ra, transfer 20 million evroni tashkil qilgan. Evropa futbolidagi birinchi yilida Safonov Frantsiya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi g'olibi, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi.