"PSJ" klubi darvozaboni Matvey Safonov Evropaning eng kuchli chempionatlarida o'ynashda davom etishiga umid bildirdi.

"PSJ"ga o'tish - bu faoliyatimning Evropada boshlanishi, deb ayta olasiz. Umid qilamanki, hammasi davom etadi", - dedi Safonov.

Safonov "PSJ" libosida barcha turnirlarni hisobga olgan holda 17 uchrashuvda maydonga tushdi va 7 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqladi.

Safonovning parijliklar bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.