Safonov "PSJ"dan g'azablandi

Frantsiyaning "PSJ" klubi darvozaboni Matvey Safonov klub rahbariyatining jamoadagi kelajagi borasidagi pozitsiyasidan norozi. Foot01 jurnalistlari ma'lumotiga ko'ra, rossiyalik futbolchi klub unga transfer vaqtida berilgan va'dalarni bajarmaganidan g'azablangan.
Parij top-klubida rossiyalik futbolchi bilan yozgi transferlar oynasida xayrlashishga moyillik bor. Parijliklar Frantsiyaning boshqa bir klubi - "Lill"dan sotib olinadigan Lyuka Shevalega ishonch bildirishmoqchi. Bundan tashqari, Safonovdan ukrainalik Ilya Zabarniy sotib olinishi mumkinligi sababli qutulmoqchi, u rossiyalikning jamoada bo'lishiga qarshi.
Matvey o'tgan yilning yozida Frantsiya chempioni safiga qo'shilgandi. Uning transferi parijliklarga 20 mln evroga tushgan.