Ruy Koshta "Benfika" prezidenti saylovida ishtirok etish niyatini e'lon qildi. Bungacha u 2021 yil iyul oyida soliq to'lashdan bo'yin tovlashda ayblanib, Luish Filipe Vieyra hibsga olinganidan keyin vaqtinchalik prezident lavozimida ishlagan. Lissabon klubi prezidenti saylovi 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Ushbu lavozimga tasdiqlangan yana to'rt nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda.

Shuningdek, Portugaliyaning A Bola nashrining yozishicha, yuqorida tilga olingan Vieyra ham saylovda ishtirok etishi ehtimoldan xoli emas. O'tgan mavsumni "Benfika" Primera turnir jadvalini ikkinchi o'rinda yakunladi.