«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi yangi mavsumdan nimalar kutayotganini aytdi.

«Menimcha, “Manchester Yunayted”ga yana bir-ikki kuchaytish kerak, ammo Amorim nima qilayotganini ko'ryapman. Klubdagi vaziyat yaxshilanyapti va, nazarimda, ular top-5likka kira oladi. Umid qilaman, shunday bo'ladi», — deya Runi so'zlarini BBC keltiradi.

Runining versiyasi bo'yicha favoritlar beshligi quyidagilardan iborat: «Liverpul», «Arsenal», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Manchester Yunayted».

«Manchester Yunayted» 17 avgust kuni 1-tur doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: sport24.ru