Ruben Amorim Kobbi Maynu haqida qanday fikrda ekanligini aytdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoyachi Kobbi Maynu haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
"Maynu yarim himoyada ikkala pozitsiyada ham o'ynashga qodir. O'tgan mavsumda u ko'proq oldinda o'ynadi. U iloji boricha tez-tez to'p bilan aloqada bo'lishi kerak. U juda iste'dodli deb o'ylayman, lekin siz buni mendan yaxshiroq bilasiz. Menimcha, u ritm, temp nuqtai nazaridan yaxshilanishi kerak. Kobbi juda yaxshi futbolchi, lekin u undan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin. Uning uchun katta rejalarim bor, ammo jamoada juda jiddiy raqobat bor," - deya Amorimning so'zlarini keltiradi UtdDistrict.
Kobbi Maynu "Yunayted" safida 72 ta o'yinda 7 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.