Ruben Amorim jamoada qolishni istamayotgan futbolchilar bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klub qo'yib yuborishga tayyor bo'lgan futbolchilar bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Transfer oynasi ochiq. Ba'zilar bu erda qolishni xohlamasliklarini aniq ko'rsatishadi - bu normal holat. Hammasi oddiy: ularga yangi chaqiriqlar kerak. Agar oyna yopilib, ular "Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lib qolishsa, klub ularga ham sharoit yaratib berishi shart", - dedi Amorim Sky Sports’ga bergan intervyusida.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Angliya chempionatida 42 ochko bilan 15-o'rinni egalladi.