"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Bornmut"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida Amad Dialloni yangi pozitsiyada o'ynatish qaroriga izoh berdi.

Portugaliyalik odatda ivuarlik vingerni o'ng qanotda o'ynatar edi, bu safar esa uni hujumchi ostida o'ynatishga qaror qildi.

"U uchun bu unchalik odatiy pozitsiya emas, lekin u bu pozitsiyada o'ynashga tayyor bo'lishi kerak. Bu pozitsiyada harakat qilishda chap oyoq futbolchilar muhim. Albatta, bu pozitsiyada bizda Brayan Mbeumo bor, ammo mavsum uzoq va biz Amad ham "o'nlik," ham vinger sifatida o'zini ko'rsatishini istaymiz - bizga ikkala variant ham kerak," - deya Amorimning so'zlarini keltiradi United Stand.