Hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev TsSKAni tark etdi. Chorshanba kuni "Istanbul Bashakshehir" O'zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli futbolchisi bilan 5 mavsumlik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Fayzullaevning TsSKAdan ketishi bo'yicha o'tmishda taniqli bo'lgan futbolchi Aleksey Gasilin izoh berdi.

"O'tgan mavsumda u kam o'ynadi - rotatsiya o'yinchisi edi. Yaqinda u Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Yaxshi o'yinchi - barcha fazilatlari bor. Balki unga yaxshi taklif tushgandir va maydonda 90 daqiqa o'ynashi kafolatlangandir. U o'ynashni xohlaydi," - deya Gasilinning so'zlarini keltiradi "Match TV."

Shu bilan birga, Gasilin TsSKA Fayzullaev uchun yaxshi miqdorda pul olganini ta'kidladi. Insayder Ivan Karpov "harbiylar" 7,5 million evro va Abbosbekning keyingi transferidan 10 foiz olishini ma'lum qilgandi.