L'Equipe nashri jurnalisti Loik Tanzi rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning "PSJ"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Safonov shu yozda ketishi kerak. Shevale keladi. Safonov faqat uchinchi tanlovga aylanadi. U tez-tez o'ynash uchun yangi klub topishi kerak," - deya jurnalistning so'zlarini keltiradi "Sport-Ekspress."

Eslatib o'tamiz, rossiyalik posbon "PSJ"ga 2024 yilning yozida "Krasnodar"dan ko'chib o'tgan edi. Bitim summasi 20 million evroni tashkil etdi. Parij grandi bilan birgalikda Matvey Liga 1 chempioni, UEFA Chempionlar Ligasi g'olibi, shuningdek, Frantsiya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.