Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fayzullaevning nima uchun Turkiya chempionatiga ketayotganini tushuntirdi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Pavel Pogrebnyak TsSKAdan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o'tadigan Abbosbek Fayzullaevning transferi haqida gapirdi.
"Abbosning o'ziga kelsak, u Turkiya chempionati orqali porlamoqchi va o'zini jiddiyroq chempionatda sinab ko'rmoqchi. Bu erda hammasi aniq ko'rinib turibdi", - dedi Pogrebnyak "RB Sport" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Abbosbek TsSKA safida deyarli roppa-rosa ikki yildan buyon to'p tepib kelmoqda. "Harbiylar" tarkibida u Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori, Rossiya kubogi va Superkubogi sohibi bo'ldi.