Rossiya terma jamoasi sentyabr oyida Qatar mehmoni bo'ladi.

Valeriy Karpin jamoasi 7 sentyabr kuni Ar-Rayyan shahridagi "As-Sadd" stadionida Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, 4 sentyabr kuni Rossiya terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib borishi avvalroq ma'lum bo'lgandi.