Ronalduning yaqin do'sti "An-Nasr" bosh direktoriga aylandi

"An-Nasr" rasmiy sayti Xose Semedoning klub bosh direktori etib tayinlanganini e'lon qildi. U Fernando Yerro o'rnini egalladi.
"Biz g'ayrioddiy nimadir qurish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz," - dedi Semedo.
40 yoshli portugaliyalik funktsioner jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning azaliy do'sti hisoblanadi. Shuningdek, ular ilgari "Sporting"ning yoshlar jamoasida birga o'ynashgan.