Krishtianu Ronaldu bu mavsumda "An-Nasr" bilan chempion bo'lishga umid qilmoqda.

Mavsumlar oralig'ida klubni ilgari Saudiya Arabistonining boshqa klubi "Al-Hilol"ni boshqargan Jorje Jezush qabul qilib oldi.

"Jorje Jezush jamoaga boshqa energiya, boshqa kontseptsiya olib kiradi. Asta-sekin harakat qilishimiz kerak, jamoa a'lo darajada mashq qildi.

Bu mavsumda aynan shunga umid qilyapman - barqarorlik va chempionlik", - dedi "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu.

O'tgan mavsumda "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionatida uchinchi o'rinni egallagan edi.