"An-Nasr"ning 20 foiz aktsiyalariga egalik qiladigan Krishtianu Ronaldu yozda jamoa tarkibini yana kuchayishini istamoqda.

Footmercato xabariga ko'ra, portugaliyalik yulduz riyodliklar safida "Marsel" hujumi etakchisi Meyson Grinvudni ko'rmoqchi. Frantsuz klubi hozircha 23 yoshli inglizni sotishni istamayapti.

Grinvudning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha davom etadi. Transfermarkt hozirda uni 40 million evroga baholamoqda.