Ronaldu "Liverpul" yulduzini "An-Nasr"da ko'rishni hohlamoqda

"An-Nasr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub "Liverpul" hujumchisi Luis Dias bilan shartnoma imzolashini istamoqda, deb xabar beradi Sport.es.
Manbaga ko'ra, Krishtianu kolumbiyalik futbolchini qanotda ko'rishni, unga vaziyatlar yaratish va samarali paslar etkazib berishni istaydi. Qayd etilishicha, "Al-Nasr" "Liverpul" talab qilayotgan 100 mln evroni to'lashga tayyor.
Avvalroq, mersisaydliklar "Bavariya"ning kolumbiyalik futbolchi uchun 67,4 mln evrolik taklifini rad etgandi.