Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Portu" sobiq himoyachisi Jorje Koshta vafoti haqida fikr bildirdi.

"Alvido, Jorje Koshta," - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.

5 avgust, seshanba kuni "Portu" 53 yoshli portugaliyalikning vafot etganini e'lon qildi. O'limning dastlabki sababi yurak xurujidir.

Koshta faoliyati davomida Portugaliya terma jamoasi safida 50 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.