Romano Raboning "Yuventus"ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

"Marsel" yarim himoyachisi Adrien Rabo joriy oyda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Frantsiyalik futbolchi Liga 1 doirasidagi "Renn"ga qarshi o'yin oxirida kiyinish xonasida jamoadoshi bilan janjallashib qolgani uchun sotuvga qo'yilgan. "Marsel" 30 yoshli futbolchini 15 mln evroga sotishga tayyor va ba'zi klublar bunga qiziqish bildirmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Raboning "Yuventus"ga qaytishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi: ayni damda "keksa sinora"ning xavbek bilan shartnoma imzolash rejalari haqida hech qanday ma'lumot yo'q.
Manbaning ta'kidlashicha, hozirda "Yuventus" asosiy e'tiborni yana ikki futbolchi - "Brayton"dan Mett O'Rayli va "Lill"dan Edon Jegrova bo'yicha muzokaralarga qaratgan.
Rabio 2019 yildan 2024 yilgacha "Byankonerilar" sharafini himoya qilgan.