Romano: "MYu" Xyoylundni "Napoli"ga qo'yib yuborishga tayyor

"Manchester Yunayted" "Napoli"ga hujumchi Rasmus Xyoylundni qo'yib yuborishga tayyorligini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Bundan tashqari, mankunianlar sotib olish majburiyati bilan va usiz ham ijaraga berishga tayyor. O'yinchining o'zi kelishuvda majburiyat ko'rsatilishini xohlaydi.
Xyoylundning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Xyoylund barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.