Romano Dokereshning Angliya top-klubiga o'tganini tasdiqladi

Insayder Fabritsio Romano shaxsiy ijtimoiy tarmog'ida hujumchi Viktor Dekereshning Londonning "Arsenal" klubiga o'tganini tasdiqladi.
O'tish summasi bonuslarni hisobga olgan holda 73,5 mln evroni tashkil etadi. Shvetsiyalik besh yillik shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda shvetsiyalik futbolchi Lissabonning "Sporting" klubi safida 52 ta o'yinda 54 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi 27 yoshda, u ilgari Angliyada "Koventri"da o'ynagan.