Sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshko “RB Leyptsig”dan “Manchester Yunayted”ga o'tadigan bo'ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Romano ma'lumotiga ko'ra, transfer summasi €76,5 mlnni tashkil etadi, bundan tashqari €8,5 mln bonuslar sifatida to'lanishi mumkin. 22 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi.

Sheshko o'tgan mavsum “Leyptsig” safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta assist bilan jamoasiga yordam berdi. Uning oldingi shartnomasi 2029 yilgacha amal qilardi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor bahosi €70 mlnni tashkil etadi.

Manba: championat.com