Romano "An-Nasr"ning Kukurelyaga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Insayder Fabritsio Romano "An-Nasr" "Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyani o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.
Kuni kecha ispaniyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati grandi qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Romanoning xabar berishicha, "An-Nasr" Kukurelya bo'yicha hech qanday taklif bermagan. 27 yoshli futbolchi bor e'tiborini "Chelsi"ga qaratgan va ketmoqchi emas, uni loyihaning asosiy figuralaridan biri sifatida ko'rishmoqda.
Transfermarkt ekspertlariga ko'ra, Mark Kukurelyaning narxi 35 mln evroni tashkil etadi, futbolchining "ko'klar" bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.