"Roma" yulduzi Argentina chempionatiga qaytadi

"Boka Xuniors" "Roma" bilan yarim himoyachi Leandro Paredes transferini kelishib oldi.
X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Argentina klubi tovon puli sifatida ko'rsatilgan 3,5 million evrodan kamroq mablag' to'laydi. Biroq, bonuslarni hisobga olgan holda, umumiy summa 3,5 million evroga etishi mumkin.
Avvalroq, 30 yoshli argentinalik o'zi tarbiya topgan klub bilan 3,5 yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'lgandi.