“Roma” yarim himoyachisi Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin

“Roma” yarim himoyachisi Lorentso Pellegrini faoliyatini Angliyada davom ettirish imkoniyatiga ega.
Premer-liganing nomi oshkor etilmagan klubi 29 yoshli futbolchi bilan mumkin bo'lgan hamkorlikni muhokama qilish uchun bog'landi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Italiyalik futbolchi kelajagi haqida o'ylashda davom etmoqda. Yarim himoyachining rimliklar bilan shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi va tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha haligacha muzokaralarni boshlashmagan.
Lorentso Pellegrini "Roma"ning yoshlar tizimi mahsuli.