"Roma" yangi transferni deyarli hal qildi

"Flamengo" himoyachisi Uesli tez orada "Roma" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida yozgan.
Manbaga ko'ra, Rim klubi 21 yoshli braziliyalik uchun 25 million evro va bonuslar to'lashga tayyor. Qayd etilishicha, “Flamengo” kelishuvning yakuniy bosqichida – klub hali Uesli o'rniga futbolchi bo'yicha qaror qabul qilishi kerak, shundan so'ng transfer yopiladi.
Futbolchining o'zi faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi va hozirdanoq bu harakatga hozirlik ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq yosh himoyachiga Rossiya klublari qiziqish bildirgandi, biroq Uesli "Roma"ni tanlashga qaror qildi.
Joriy mavsumda u Braziliya chempionatida “Flamengo” safida 10 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.