Italiyaning "Roma" klubi "Flamengo"dan himoyachi Ueslining transferi bo'yicha so'nggi rasmiyatchiliklarni kelishib olmoqda.

Bugun, 24 iyul kuni futbolchi Rimga uchib ketish va "qizil-sariqlar" bilan shartnoma imzolash uchun Braziliya klubining roziligini olishi kerak.

"Flamengo" o'z futbolchisi uchun 25 million evro oladi. Shuningdek, transfer shartnomasida ehtimoliy bonuslar ham ko'rsatiladi.