"Roma" yangi qanot himoyachisi uchun 25 million evrolik og'zaki taklif bilan chiqdi

"Roma" Uesliga yangi taklif bilan chiqdi.
Rim klubi "Flamengo"ga og'zaki ravishda taxminan 25 million evro taklif qildi, deya xabar bermoqda Janluka Di Martsio.
"Roma" sport direktori Frederik Massara braziliyaliklar futbolchini shunday shartlarda sotishga rozi bo'lishiga umid qilmoqda.
2025 yilgi mavsumda Uesli Braziliya chempionatida 10 ta o'yinda maydonga tushdi.