"Roma" taklifini 30 million evrogacha oshirishga tayyor

"Roma" "Palmeyras" yarim himoyachisi Richard Riosni sotib olish bo'yicha faol muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
"Bo'rilar" allaqachon Braziliya klubiga bonuslar va qo'shimcha to'lovlarni o'z ichiga olgan 30 million evroga yaqin summaga taklifni yaxshilashga tayyorligini ma'lum qilgan.
Ammo "Palmeyras" o'z pozitsiyasida qat'iy turibdi - jamoa 30 million evro miqdoridagi aniq summani olishni istamoqda.
Richard o'tgan mavsumda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.