"Roma" taklifi rad etildi

"Roma" markaziy yarim himoyachi Nil El-Aynaui transferi masalasida yana "Lans" bilan aloqaga chiqdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Frantsuz klubi hafta boshida rimliklarning futbolchi bo'yicha ilk taklifini rad etgandi. U taxminan 20 mln evroni tashkil etishi aytilgandi.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, "Roma" El-Aynauining transferi bo'yicha faqat o'z shartlariga ko'ra kelishib olishga tayyor.
Nil "Nansi" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2023 yil iyul oyida 600 ming evro evaziga "Lans"ga o'tgan. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, Transfermarkt portali uni 15 mln evroga baholamoqda.