"Roma" va "Manchester Siti" klublari hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Rimliklar 19 yoshli futbolchining ijarasini rasmiylashtirmoqchi. "Bo'rilar"ning avvalgi taklifi rad etilgan, chunki "shaharliklar"ni ehtimoliy to'lov summasi - 25 mln evro qoniqtirmagan. Corriere dello Sport xabariga ko'ra, endi "Roma" yaxshilangan shartlarni taklif qildi: sotib olish imkoniyati - 33 mln evro, shuningdek, "Siti" futbolchini 40 mln evroga birinchi navbatda sotib olish huquqiga ega bo'ladi.

Klaudio Echeverriga "Jirona" da'vogarlik qilayotgandi, ammo argentinalik kataloniyaliklar taklifini rad etdi va "Roma"ga o'tish niyatida ekanligini bildirdi.

2024 yil boshida "Manchester Siti" "River Pleyt"dan 18,5 million evro evaziga istiqbolli xavbekni sotib oldi.