Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"dan "Roma"ga o'tishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, A Seriya klubi hozirda Sanchodan yakuniy javob kutmoqda. Futbolchi shartnoma bo'yicha taklif olgan.

Avvalroq, "Roma" 25 yoshli Sanchoni 20 million funt (taxminan 23 million evro) evaziga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Jeydon Sancho "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalariga kiritilmagan.

O'tgan mavsumda vinger "Chelsi"da ijara asosida o'ynadi, ammo londonliklar futbolchini sotib olishmadi.

Italiya chempionatining 1-turida “Roma” “Bolonya”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 23 avgust, shanba kuni bo'lib o'tadi.