"Roma" Rios bo'yicha yangi taklif yubordi

"Roma" Richard Riosning transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Italiya klubi "Palmeyras"ga jami 30 million evro evaziga rasmiy taklif bilan chiqdi.
Rimliklar 25 yoshli himoyachini 27 million evro va 3 million bonus evaziga sotib olishga tayyor.
Qayd etilishicha, Braziliya klubi 30 million evro miqdorida belgilangan miqdorni so'ragan. Ayni paytda yarim himoyachining o'zi ham "Roma"ga o'tishni istaydi.
Joriy mavsumda Richard Rios Braziliya chempionatida 10 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.