"Roma"ning yangi transferi dushanba kuni Rimga etib boradi

Vinger Leon Beyli tez orada "Roma" safiga o'tadi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi dushanba kuni Italiya klubi qarorgohiga etib keladi.
"Roma" Beylini "Aston Villa"dan 3 million evro evaziga ijaraga oladi. Kelishuvda 20 million miqdorida sotib olish imkoniyati ko'rsatiladi.
Italiya chempionatining 1-turida "Roma" o'z maydonida "Bolonya"ni qabul qiladi. O'yin 23 avgust, shanba kuni bo'lib o'tadi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan 23:45 da yangraydi.