"Roma" "Lans" yarim himoyachisini sotib olishga yaqin turibdi

"Lans" yarim himoyachisi Neyl El-Aynaui "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli marokashlik rimliklar bilan 5 yillik shartnomaga rozi bo'lgan. Italiya klubi futbolchi uchun 22 million evro va 3 million bonus to'laydi.
El-Aynaui 2024/25 yilgi mavsumda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.