"Roma" "Inter" va "Manchester Yunayted" qiziqqan futbolchi bilan kelishuvga erishdi

"Palmeyras" yarim himoyachisi Richard Rios "Roma"ga o'tishga bir qadam qoldi.
Rimliklar 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan: shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan, maosh yiliga 2,6 million evroni tashkil qiladi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
"Roma" Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi transferi uchun "Palmeyras"ga taxminan 23-25 million evro to'lashga tayyor.
Avvalroq futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Inter” klublari qiziqish bildirayotgan edi.
Rios "Palmeyras"ga klublar o'rtasidagi jahon chempionatining chorak finaliga chiqishga yordam berdi va turnirning beshta o'yinida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.