"Roma" himoyachisi La Liga klubiga o'tadi

Italiyaning "Roma" klubi himoyachisi Marash Kumbulla Ispaniyaning "Malorka" klubiga ijaraga beriladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "Malorka" 6 million evro to'laydi va yana 2 million evroni bonuslar uchun ajratadi. Shuningdek, u o'yinchini sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
Albaniya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi 2021 yildan buyon "Roma" safida to'p tepib kelayotgan bo'lsa-da, so'nggi paytlarda rimliklar safida deyarli ko'rinish bermayapti. O'tgan mavsumni Kumbulla "Espanol"da o'tkazdi (barcha turnirlarda 36 ta o'yin, 10 ta ogohlantirish, 3 ta gol).