"Roma" frantsuz futbolchisining transferini yakunlashga yaqin turibdi

"Lans" markaziy yarim himoyachisi Nil El-Aynaui "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli frantsuzning transferi tomonlar kelishuvidan so'ng yakuniy bosqichda turibdi.
El-Aynaui taklif qilingan 5 yillik shartnomaga rozi bo'ldi.
"Lans" El-Aynauini 2023 yil yozida "Nans"dan 600 ming evroga sotib olgandi. U o'tgan mavsumda 25 ta o'yinda 8 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.