"Roma" darvozaboni "PSJ"ga o'tdi

Rimning "Roma" klubi darvozaboni Renato Marin faoliyatini "PSJ"da davom ettiradi. Bu haqda Parij grandi rasmiy sayti xabar berdi.
19 yoshli italiyalik golkiper EChLning amaldagi chempioni bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Marin "Roma"ni erkin agent maqomida tark etdi.