Rimning "Roma" klubi bugun darvozaboni Mile Svilar bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qiladi, deya xabar berdi Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli serbiyalik golkiper rimliklar bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytiradi.

Maosh yiliga 3,5 million evro + 500 ming evro bonus etib belgilangan.