Uesli Frans "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi.

Avvalroq, Rim klubi "Flamengo"ga taxminan 25 mln evrolik taklif bilan chiqqani xabar qilingandi. 21 yoshli o'ng qanot himoyachisi uchun "Zenit" ham shuncha to'lashga tayyor edi. Eslatib o'tamiz, iyun oyida braziliyaliklar peterburgliklar taklifini rad etishgandi - klub 30 mln evro talab qilgani aytilgandi.

Insayder Fabritsio Romanoga ko'ra, rimliklar 25 mln evro va bonuslar taklifini yuborgan. Kelishuv yakunlangan deb hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, Ueslining o'zi faqat "Roma"ga o'tishni istamoqda, "Zenit"da transfer uchun imkoniyat yo'q.

Biroq, "Flamengo" futbolchiga o'rinbosar topganidan keyingina uni sotadi.