Italiyaning "Roma" klubi Braziliyaning "Flamengo" klubi bilan himoyachi Uesli Frank transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Avvalroq, futbolchi o'zi uchun 25 mln evro berishga tayyor bo'lgan "Zenit"ga o'tishdan bosh tortgandi.

Shu bilan birga, rimliklar Ueslini besh million evroga arzonroq sotib olishga harakat qilishadi, gap 20 million evrolik taklif haqida ketmoqda, deb yozadi insayder Fabritsio Romano.

21 yoshli braziliyalikning "Flamengo" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan. Uning bozor qiymati 20 mln evroni tashkil etadi.