"Roma" "Aston Villa" bilan kelishuvga erishdi

"Aston Villa" hujumchisi Leon Beyli "Roma"ga ijara asosida o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Futbolchi rimliklar safiga 2-3 million evro evaziga ijaraga o'tadi, sotib olish optsiyasini faollashtirish narxi 22 million evroni tashkil qiladi.
O'tgan mavsumda Beyli barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda qatnashib, ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 28 million evroni tashkil qiladi.