“Roma” APLdan hujumchi olib kelmoqchi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Rasmus Xoylund faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda insayder Janluka Di Martsio xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Rim klubi daniyalik forvard bo'yicha tez orada muzokaralarni boshlaydi.
Xoylundning transfer qiymati 45 million evroni tashkil etmoqda.
“Roma” moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda Rasmusni bir mavsumga ijaraga olish taklifini ham berishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Xoylund 2023 yilning yozida "Atalanta"dan 64+8 million funt evaziga MYuga o'tgan edi.