"Roma" APLdan hujumchi olib kelish uchun harakatni boshladi

"Brayton" markaziy hujumchisi Evan Fergyuson "Roma"ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Roma" 20 yoshli irlandiyalik futbolchining ijarasi ustida ishlashda davom etmoqda. Ta'kidlanishicha, "Brayton" Fergyuson bo'yicha takliflarga ochiq. Futbolchining maoshini to'liq "Roma" o'z zimmasiga oladi.
Fergyuson o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Vest Xem"da ijarada o'tkazgandi. Bu oraliqda u bor-yo'g'i sakkizta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga birorta ham samarali harakat yoza olmadi.
Transfermarkt mutaxassislari forvardning narxini 25 million evroga baholamoqda.
