Rodrigoning "Real"dan ketishi noodatiy sabab bilan barbod bo'lishi mumkin

Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa-da, jamoada qolishi mumkin.
24 yoshli futbolchiga uzoq vaqt davomida Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirgan, ammo transfer amalga oshmagan. Jurnalist Xoakim Peraning yozishicha, Rodrigo rasmiy agenti yo'qligi sababli hech qaerga ko'chib o'tmasligi ehtimoli katta. O'yinchining ishlari bilan kerakli tajribaga ega bo'lmagan otasi shug'ullanadi. Braziliyalik futbolchining transferini amalga oshirishda vositachilar ham yordam bermoqda - ular "qaymoqranglilar" yulduzini Angliya Premer-ligasi klublaridan biriga olib o'tishga harakat qilmoqda.
Mish-mishlarga ko'ra, Madridning "Real" klubi Rodrigo uchun 100 mln evrodan ko'proq pul so'ramoqda. Bunday miqdordagi pulni to'lamoqchi bo'lganlar hali topilmadi.