"Real" hujumchisi Rodrigo muntazam ravishda transfer mish-mishlarining qahramoni bo'lib kelmoqda. Braziliyalik futbolchining klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi kam o'yin amaliyoti ehtimoliy transfer haqidagi gap-so'zlarni yanada kuchaytirdi.

Marca nashriga ma'lum bo'lishicha, ayni damda "Real"da hech kim Rodrigoga chiqish eshiklarini ko'rsatmagan. Va eng muhimi, 24 yoshli braziliyalikning o'zi hozircha jamoada qolishni va u bilan muvaffaqiyatlarga erishishni rejalashtirmoqda.

Qolaversa, manbaga ishonadigan bo'lsak, Rodrigo va "Real" o'rtasida yaqin kelajakda hech qanday muzokaralar rejalashtirilmagan.

Darvoqe, Rodrigoning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.