Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo "Tottenxem"ga o'tish istagida emas.

So'nggi kunlarda aynan "shporlar" braziliyalik futbolchiga asosiy da'vogar sifatida tilga olinayotgandi. Jurnalist Santi Auna xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi "Tottenxem"ga o'tishga qiziqmayapti - u yanada kattaroq klubda o'ynamoqchi.

Rodrigoning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 90 mln evro. "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso uni jamoasining asosiy tarkibida ko'rmayotgani uchun futbolchini sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.

O'tgan mavsumda "Tottenxem" Premer-ligada 17-o'rinni egalladi, ammo Evropa Ligasida g'alaba qozonib, Chempionlar Ligasiga yo'llanma oldi.