Rodrigo "An-Nasr"ga ketadimi? Fabritsio Romano ma'lumot berdi

Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo yozda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi dargumon.
"Qaymoqranglilar" safida o'z o'rnini yo'qotgan 24 yoshli futbolchiga nafaqat Evropa grandlari, balki "An-Nasr" ham qiziqish bildirmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, bu mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi: Rodrigo faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi, Saudiya klubining boshqa transfer maqsadlari esa ancha arzonroq. Shuningdek, Gabriel Martinellining Londonning "Arsenal" klubidan kelishi ham dargumon.
Ma'lumot uchun, "Arsenal" Rodrigo uchun asosiy da'vogar hisoblanadi. Braziliyalik futbolchini qo'lga kiritish istagida bo'lganlar orasida "PSJ" va "Manchester Siti" ham bor.